“UZKODJI” AJ QK
“Uzkodji” AJ qo’shma korxonasi 1999-yil oktyabr oyida tashkil topgan, Andijon viloyati Xonobod shahrida joylashgan. Elektrojgutlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod “O’zavtosanoat” AK va Koreyaning “E-RAE Co.LTD”, “Kodi Int.LTD.” kompaniyalari hammuassisligida tashkil etilgan.
Dvigatelning ishlash jarayonida uning muayyan qismlarida harorat juda yuqori bo’lishi mumkin. Shu sabab o’tkazgich similar(provod)ning haroratga chidamliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, tez alanga oladigan yoqilg’i va zaharli qorishmalarning otilishi havfi mavjud.
Shuning uchun yuqoridagi har bir holatni oldini olishi uchun kafolatlangan himoya zarur. Ishlab chiqaruvchilar elektr o’tkazgichlarning sifati haqida qayg’urishdi: ular haroratning keskin o’zgarishiga chidamli bo’lib, nafaqat o’ta yuqori issiqlikka, balki 40 darajali sovuqqa ham chiday oladi. Qo’shma korxonada mahalliy avtomobillarimiz uchun elektr o’tkazgich jgutlarini ishlab chiqarish o’zlashtirildi. 100 dan ortiq turli xarakteristikaga ega bo’lgan butlovchi qismlar va 1000 tagacha nomenklaturaga ega boshqa materiallarni korxona Janubiy Koreyadan oladi.
Avtomobillarning xavfsizligini oshirish maqsadida elektr o’tkazgichlarni ishlab chiqarishda harorat, moy va benzin ta’siriga chidamli materiallardan foydalaniladi. Bundan tashqari, o’z-o’zidan yong’in chiqqan holatlarda sim o’tkazgichlarning o’z-o’zidan o’chishiga olib keluvchi mahsus kimyoviy qo’shimchalar ishlatiladi. Korxona uchun sifat masalasi birinchi o’rinda turadi. “UzKodji”ning 40 dan ortiq mutaxasislari Janubiy Koreyada amaliy malaka oshirib kelgan. Bugungi kunda korxona o’zining sanoat salohiyatini oshirish ustida ishlamoqda. Ishlab chiqarish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Biroq mahsulot sifati o’zgarishsiz qolmoqda.
Korxona mahsuloti – Avtomobillar uchun elektr o‘tkazuvchi simlar jamlami.
«O’zKodji» O’zbekiston – Koreya qo’shma korxonasini tashkil etish to’g’risida