4 dekabr kuni korxonada ISO 50001 xalqaro standarti sertifikatini taqdimoti bo’lib o’tdi
Energotejamkorlik-zamon talabi.
Hozirgi kunda respublikamizda sanoat ishlab chiqarish korxonalarida energotejamkorlik mavzusi dolzarb bo’lib qolmoqda.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi “2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soxalarda energiya sig’imini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to’g’risidagi” 2343-sonli qarorining qabul qilinishi “O’zavtosanoat” AJ tizim korxonalari uchun dasturi amal bo’ldi, Andijon viloyatining Xonobod shaxrida joylashgan “Uz Kodji” Uzbekiston Koreya qo’shma korxonasi mexnat jamoasi xam yuqoridagi qaror ijrosini ta’minlash maksadida energiya resurslarini boshqarish yuzasidan xalqaro standartlarni ishlab chiqarishga joriy etishga yil boshidan kirishgan edilar.
Belgilangan menejment tizimi dasturlari asosida energo auditlar o’tkazilib, bugun korxona bo’yicha elektr, gaz, suv, va boshqa energoresurslarni tejamkorlik buyicha ko’rsatkichlari belgilab olindi. Shuningdek, kelgusida korxonaga xarid kilinadigan zamonaviy texnologiyalarni energotejamkorlik darajasi va sifatiga alohida etibor qaratilishi haqida kelishib olindi.
Korxonada ishlatilayotgan eskirgan yuqori energiya sarfi bilan ishlayotgan texnologik jixozlarni modernizatsiyalash tadbirlari belgilandi.
Kuni kecha “O’zstandart” agentligi ekspert-auditorlari tomonidan o’tkazilgan sertfikatlashtirish auditi qaroriga ko’ra korxonada yaratilgan energomenejment tizimi ISO 50001 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi tasdiqlandi. Shu munosabat bilan 14 dekabr kuni korxonada ISO 50001 xalqaro standarti sertifikatini taqdimoti bo’lib o’tdi.