Коmplаеns
Коmplаеns – bu nima?
Аgar Compliance soʼzining etimologiyasiga murojaat qilsak, ingliz tilida u “muvofiqlik”, “rioya” maʼnosini anglatishini koʼramiz. Bizning istilohda esa, Compliance – bu mamlakat qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek kompaniyaning oʼzi qabul qilgan ichki siyosatlar, taomillarga rioya etilmasligi tufayli yuzaga keladigan xatarlar nazorati va boshqaruvini anglatadi.
Birinchi navbatda komplaens-dastur – bu har qanday kompaniya oʼz amaliy faoliyati davomida muntazam duch keladigan xatarlarni baholashga asoslangan, puxta ishlab chiqilgan keng qamrovli hujjat sanaladi. Xatarlar ham ichki (biznes-jarayonlardan kelib chiquvchi), ham tashqi (tartibotlarga bogʼliq) boʼladi.
Kompaniya komplaensi turfa xil boʼladi, lekin hozirgi paytda davlat va xususiy sektorda korruptsiyaga qarshi, bank va sanktsiyaviy komplaenslar keng tarqalgan.
“Oʼzavtosanoat”da komplaens sohasidagi huquqbuzarliklar haqida xabarlarni qabul qilish tezkor liniyasi:
+99871 140-76-70 va compliance@uzavtosanoat.uz elektron pochta qutisi ishlab turibdi, ular orqali istalgan shaxs yordam soʼrab yoki tarmoqdagi gʼayriqonuniy holatlar haqida maʼlum qilishlari mumkin. Oʼz navbatida, “Oʼzavtosanoat” komplaens xizmati xabarlarning maxfiy qolishini taʼminlaydi.
Bundan tashqarish, mijozlar, kontragentlar va tovar/xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan ishlashni tartibga solish boʼyicha samarali ishlar yoʼlga qoʼyilgan, buning natijasi oʼlaroq, kompaniyaning iqtisodiy xavfsizligi va moliyaviy xatarlar kamayishiga erishildi.
Umuman olganda, “Oʼzavtosanoat” komplaens-dasturi 10 ta asosiy elementdan iborat. Misol tariqasida ularning asosiylarini :
- Kompaniya Rahbariyatining komplaens-dasturga rioya etishga sodiqligi (High level commitment) – kompaniya top-menejmenti boshqa xodimlarga namuna boʼlishi va komplaens-dastur talablariga rioya etilishi yuzsidan javobgarlikni oʼz zimmasiga olishi.
- Siyosatlar va taomillar. (Policies & Procedures) – kompaniya tomonidan qabul qilingan, tartibga soluvchi hujjatlarning biznes yuritishda axloq meʼyorlari qoʼllanilishini taʼminlashga, shuningdek kompaniya biznes-profiliga komplaens-xatarlar taʼsirini kamaytirishga qaratilishi.
- Komplaens-funktsiyaning muxtorligi va uning resurslar bilan yetarlicha taʼminlanganligi. Korporativ komplaens-dastur amal qilayotgan har qanday kompaniyada uning samaradorligi komplaens funktsiyasi qanchalik muxtorligiga, u kimga hisobdorligiga, shuningdek oʼziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qanday resurslarga ega ekanligiga bogʼliq boʼladi.