Andijondagi bosh ofisimiz: Tel.: +99874 734-30-80 +99874 734-26-71

AJ “O’zKodji” qo’shma korxonasida “Biznes boshqaruv tizimi”ning zamonaviy boshqaruv modelini joriy etish bo’yicha oʻquv seminar boʻlib oʻtdi

Категория: Yangiliklar

AJ “O’zKodji” qo’shma korxonasida “Uzbek-Xolding” kompaniyasi boshqaruvchisi Dadaxanov Saydazim Mansurovich tomonidan, qoʻshma korxonaning bosh direktori B.K. Abduraxmonov, barcha boshqarma, boʻlimlar boshliqlari, masʼul shahslar, hamda ishlab chiqarish masʼul xodimlari ishtirokida “Biznes boshqaruv tizimi”ning zamonaviy boshqaruv modelini joriy etish bo’yicha oʻquv seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda quyidagi tavsiyalarga amal qilish belgilab berildi:

“Uzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan rivojlanish konsepsiyasiga muvofiq, uni ijrosini taʼminlash uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim boʻladi:

  1. Korxonaning joriy xolatini aniqlash:
  2. “Rivojlanish konsepsiyasi”ni amalga oshirishga sezilarli taʼsir koʻrsatadigan xatar va imkoniyatlarni aniqlash.
  3. “Rivojlanish konsepsiyasi”ga erishish uchun maqsad va vazifalarni aniqlash.
  4. “Rivojlanish konsepsiyasi”ga erishishning asosiy vositasi sifatida, biznes boshqaruv tizimini ishlab chiqish.

 

KPIni ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlari:

 

Biznes jarayonni baholash va tahlil qilish.

Biznes jarayoni qiymati oqimini belgilash.

Biznes jarayonlar va xodimlarni munosib ragʻbatlantirishni rejalashtirish

KPIni amalga oshirish TMOni yaratish.

BBTni monitoring qilish, baholash va tahlil qilish

 

Biznesni boshqarish tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlari:

 

  1. Biznes jarayonni aniqlash va baholash
  2. Biznes jarayoni qiymati oqimini belgilash
  3. Biznes jarayonida xodimlarni saralash talabnomasini amalga oshirish boʻyicha amaliy dastur modulni yaratish
  4. Biznes jarayonlarini modellashtirish, Biznes jarayoni uchun qiymat oqimining parametrlarini aniqlash.
  5. Biznes jarayonlarini byudjetlashtirish, xodimlarni ragʻbatlantirish tizimini yaratish.
  6. Biznes jarayoni qiymati algoritmini yaratish.
  7. Biznes jarayoni va korxona xodimlari uchun KPIni yaratish. BMO Axborot tizimini yaratish.
  8. BBTni amalga oshirish, monitoring, baxolash va taxlil qilish